Ish faoliyati

Assalomu alaykum! Men kredit do‘konida 8oydan buyon buxgalter bo‘lib ishlayman. Do‘konda foizga xar xil turdagi jixozlar sotiladi. Lekin o‘zim xech narsa sotib olmadim. Yaqinda bir gap eshitib judayam ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. "Kredit do‘koni xizmati xuddi sudxo‘rlikdek va sizlar ularni ishlariga sherikdeksizlar" deyishdi. Oilada nafaqadagi onam va men yashaymiz, ishni qiynalib topganim sababmi?! Yana yangi ish topishimga to‘g‘ri keladimi degan o‘y bilan yuribman. Meni sizlarga bermoqchi bo‘lgan savolim: rostan xam meni ish faoliyatim sudxo‘rlikka kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishni yangilang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:46 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar