Zino bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Saytta shu malumotni o‘qidim. Zino mulk va uning shubxasidan xoli bo‘lgan old jinsiy olatga jinsiy yaqinlik qilishdir. Bu tarifdagi mulkdan murod aqdi nikohdir. Mulk shubxasi deganda uch boyn taloqning iddasida o‘tirgan ayolga o‘xshash holatdir. Ya’ni o‘zi uch boin taloq qo‘ygan xotinga bo‘laversa kerak deb jinsiy yaqinlik qilsa zino bo‘lmaydi.
Savolim shuki sunggi gapning manosini kengrok tushintirsangiz. Yayani uch boin taloq iddasi bitgach jinsiy yaqinlik qilsa zino bo‘lmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qilgan ishi gunoh, lekin o‘shandek holatga tushib qolgan insonga zinoning hukmlari joriy qilinmaydi. Bu degani uch taloqdan keyin ham xotini halol emas. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar