Farzand ko‘rishni ta’qiqlash

Assalomu alaykum! Ikki farzandim bilan ikkinchi marta turmush qurdim. Turmush o‘rtog‘im men bilan oila qurganini birinchi oilasidan va barchadan qattiq sir tutadi va mendan xam buni talab qiladi. Farzand masalasida esa men farzandli bo‘lishni xoxlashimga qaramasdan qat’iy ta’qiqlaydi. Men bilan xaftada bir bor bo‘lsa xam qolmaydi. Menga farzand berishga ruxsat bering, men bilan xam qoling degan talablarimga yo‘q umuman ilojim yo‘q deb xoxlasang yasha deyaptilar va talablarim tufayli er izmiga yurmaslikda ayblayapti. Shu masalada iltimos tushuncha bersangizlar. Talablarim o‘rinlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzand ko‘rish sizni haqqingiz. Uni ta’qiqlay olmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar