Ish boshlash uchun qarz olib qaytarmaslik

Assalomu alaykum! Bir inson otam bilan sheriklik uchun ish boshlamoqchi bo‘lib katta miqdorda pul olgandi. Mana 4 yildirki u insondan darak yo‘q. Vaqt o‘tib otam ham yaqinda qazo qildi. Dadam bergan pul ham aslida birovdan olingan qarz edi. Pul bergan inson haqqini talab qildi, olgan insonni esa hozir ishlari anchagina yaxshi. Pulni qaytarish borasida tayin gap aytmayapti. Savolim shuki shariatda ushbu masaladagi qarzdorlikni qay yo‘l bilan undirishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qanday yo‘l bilan ololsangiz joiz. Qodir bo‘laturib bermaydigan bunday holatda, shariatimiz uni obro‘sini to‘kishga ham ruxsat beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar