Bay qachon buziladi
Assalomu alaykum! Aniq muddat qo‘yib, nasiyaga mol sottim va shartlarni yozib qo‘ydik. Shartlarimiz orasida, muddati kelgan kuni pulni berolmasa, yangi muddat beraman degan shar yo‘q. Bugun muddati keldi. Olgan odam esa, tabiiyki, yangi muddat so‘rayapti. Men esa, bir kun ham kutishni hohlamayman. Kelishuvda hammasi aniq yozib qo‘yilgan-ku. Endi, bugun, dinimiz qoidalariga muvofiq yo pulimni ber, yoki molimni qaytar deyishga to‘la haqlimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulingizni talab qilishga haqlisiz. Agar kelishilgan muddatda pulni bermasang molni qaytarib olaman deb shart qo‘yishingiz ham joiz edi. Buni “xiyorunnaqd” deyiladi. Sotgan narsangizni o‘zini garovga olib keyin qaytarib berganingizda ham molni sotib o‘z haqingzni olib kam bo‘lsa yana talab qilib, ko‘p bo‘lsa oshganini qaytarib berishga haqqingiz bo‘lar edi. Bu narsalarni shart qilmagan bo‘lsangiz molni qiymatini olishni kutasiz. Molni tortib ololmaysiz. O‘zi qaytarib bersa gap yo‘q. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat