Ota-ona riboga boshlasa

Assalomu alaykum! Meni Alloh xidoyatga boshlaganiga sal kam bir yil bo‘ladi In Sha Alloh. Bizni oila dunyoviy oila bo‘lib kelgan va shuning uchun ba’zi masalalarda fikrimiz xar xil joydan chiqadi. Ota-onam yaxshi niyatda yangi uy olmoqchi bo‘lib yurishiibdi, lekin biroz pul etmayapti. Shuning uchun kredit olishmoqchi. Men esa bu yo‘ldan qaytarishga urinyapman. Yaqinda esa otam ularga kredit berilmasligi ya’ni yoshlari nafaqaga oz qolgani uchun to‘g‘ri kelmasligini bildilar. Shunga menga, sening nominga kredit olamiz deyishyapti. Men esa bosh tortyapman, ular esa tushinishni xoxlamayapti. Menga ular uy senga qoladi bitta o‘g‘ilsan va boshqa odamni nomiga ololmaymiz deyishyapti. Men nomimga olgim yo‘q, chunki bu xaromligini bilaman. Iltimos menga maslaxat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar