Zakotni so‘rab olish

Assalomu alaykum! Men o‘z qarindoshlarimdan qarzlarim ko‘pligi uchun zakot so‘rab olsam bo‘ladimi? Menga gunox bo‘midimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi:   وَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا عَرَّضْتُم بِهِ مِنْ خِطْبَةِ النِّسَاء أَوْ أَكْنَنتُمْ فِي أَنفُسِكُمْ عَلِمَ اللّهُ أَنَّكُمْ سَتَذْكُرُونَهُنَّ وَلَكِن لاَّ تُوَاعِدُوهُنَّ سِرًّا إِلاَّ أَن تَقُولُواْ قَوْلاً مَّعْرُوفًا وَلاَ تَعْزِمُواْ عُقْدَةَ النِّكَاحِ حَتَّىَ يَبْلُغَ الْكِتَابُ أَجَلَهُ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَعْلَمُ مَا فِي أَنفُسِكُمْ فَاحْذَرُوهُ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌ۝ 235. U ayollarga qochirim ila sov¬chilik qilishingiz yoki uni o‘z ichingizda yashirin tutishingizda gunoh yo‘q. Albatta, siz ularni eslashingizni Alloh biladir. Lekin ular bilan xufyona va’dalashmang. Magar ma’ruf so‘z aytsangiz, mayli. Farz qilingan (idda) o‘z muddatiga etmagunicha, nikoh bog‘lashga qasd qilmang. Va bilingki, Alloh ichingizdagini albatta biladir. Bas, Undan ogoh bo‘ling. Va bilingki, albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta hilmlidir.                
Ushbu oyatda eri o‘lgandan keyin idda o‘tirgan ayolga sovchilik qilish haqida so‘z ketyapti. Avvalo, bunday ayolga ochiqdan-ochiq sovchilik qilish harom, chunki u azada – iddada o‘tiribdi. O‘lgan erining hurmati bor, uning qarindosh-urug‘larining ham dardiga dard qo‘shmaslik kerak. Lekin oyati karimaning ko‘rsatmasiga ko‘ra, eri o‘lib, idda o‘tirgan ayollarga ochiq-oydin emas, ishora bilan sovchilik qilishda gunoh yo‘q.Ochiq-oydin tilanchilik qilish joiz bo‘lmagan o‘rinlarda ishora qilish mumkin. siz ham shunday qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar