Taxoratim turmaydi

Assalomu alaykum! Bu savolni hijolat bilan yozyapman shu masalani toliq o‘rganip olmasam bo‘lmaydi savol quydagicha mening taxoratim turmaydi el chiqaveradi har namozga alohida taxorat olaman har taxoratim uchun 20 daqia vaqt ketadi men 2 guruh nogironiman yoshim 20da xozir hech qaerda ishlamayman lekin ko‘chaga chiqib ishlash niyatim bor in sha allah tabiyki ko‘chada taxoratni o‘ziga buncha vaqt sariflasam ancha vaqt yoqotib xech narsaga ulgura olmasligim mumkin shuning uchun xar el chiqanda mustaxab qilmasam bo‘ladimi bu masalani biroz bilar edim lekin batafsil bilmayman qachonki qazoyi xojat yoki bavilga xojat tug‘ilganda mustaxab qilip boshqa payit qancha el chiqsa xam taxoratni o‘zini yangilap olsam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazoi hojat va bavldan boshqa holatda mustahab qilishingiz shart emas. Tahoratning o‘zini yangilab, namoz o‘qiyvering. Siz el chiqqanida najosat bo‘lmasa mustahab qilmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar