Otaning qolgan qarzini bo‘yniga olish
Assalomu alaykum! Otasi olamdan o‘tgan bo‘ynida qarzi qolgan. Shu qarzni o‘g‘li bo‘yniga olgan, lekin otasini qarzini uzolmayapti. Savolim qarz o‘g‘ilni bo‘ynida qolib ketadimi yoki otasini?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota o‘lishi bilan uning yashab turgan uyi, hatto arzimas pulga kiradigan bo‘lsa ham sotiladigan hamma narsalari haqdorlarga berilishi shart. Xotin, farzandlar “Biz qaerga boramiz, bu bizni mulkimiz, bermaymiz” deyishga zarracha haqqi yo‘q. Mabodo haqdorlarga yillar mobaynida uzamiz deyishsa ularning zimmasiga qarz bo‘ladi. Aslida agar ota uy-joy kabi qarzini to‘lashga yarasha narsalar qoldirgan bo‘lsa, bolalari uni sotib to‘lamasligi otasiga nonko‘rlik hisoblanadi. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:34 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar