Shamollash sabab peshob tomchilib turishi
Assalomu alaykum! Menda shamollash bor bavl qilganimdan keginam 1 soatgacha peshob tomchilab turadi 2 oy oldin doktorga borgandim dori yozib berdi xammasini ichdim biroz vaqt o‘zgarish bo‘ldiyu lekin xozir yana qayta boshlandi. Tahorat olaman, namozda paytim peshob tomchilaydi, menda xozir davolanish pul yo‘q internetda iliq suv haqida eshitgandim. Ko‘pgina kasalliklarga davo ekan, o‘zimda sinab ko‘ryapman, 10 kunda tuzalish mumkin ekan. Inshoolloh men xozirgi xolatimda nima qilishim kerak? Hech iloj qilolmayapman, namozim ado bo‘ladimi shu holatimda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bavl qilib bo‘lganizdan keyin tahorat olishdan oldin siydik chiqadigan teshikka paxta tiqib oling. Keyin tahorat olib namozni o‘qiyverasiz. Keladigan siydikni o‘sha paxta to‘xtatib turadi. Modomiki siydik paxtani to‘la nam qilib tashqariga ko‘rinmas ekan tahoratli bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 198 | Tahorat