Kreditdan qaytarish
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im shariatga amal qilmaganligi sababli oilamizda juda ko‘p nizolar kelib chiqyapti. Amru ma’ruf, naxiy munkar erkagu ayolga farzligini bilaman. Lekin men turmush o‘rtog‘im bilan bu yo‘lda kelisholmay qolyapman. Gapirmay desam jim qarab turib gunohkor bo‘lishdan qo‘rqaman. Jahldor. Men satrdaman. Bunga qarshiligi yo‘q. Lekin iffatimni himoya qilmaydi. Oilamizda mehr muhabbat yo‘q. Farzandlari bilan shug‘ullanmaydi. Kreditga olib kelgan mahsulotini ishlatmaganligim uchun ikki marta uydan chiqib ket dedi. Meni yaqinlarim ham turmush o‘rtog‘imni yaqinlari ham dinini yaxshi bilishmaydi va amal qilishmaydi. Bitta o‘zim, hech kim meni tushunishni xohlamaydi. Birinchi marta oilamizni tinchi uchun kechirim so‘radim. Meni ishlarimga aralashma deydilar. Ikki marta uydan chiqib ket degan gapi bilan menga ikki taloq tushganmi? Iltimos sizlardan menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatingizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiqib ket degandan nimani niyat qilganligi eringizga bog‘liq. Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Bu o‘rinda siz fir’avnning xotini Osiyo onamizning yo‘lini tuting. Har qanday holatda ham mehr berishga harakat qilavering. Bo‘l desa hamma narsani bo‘lishi bu Allohga xos. Aslo jahl qilmang. Eringiz sizni yaxshi ko‘rishingizni bilsin, mehr berishingizni xis qilsin. Buning uchun albatta muddat kerak bo‘ladi. Har kuni hojat namozini o‘qib tavfiq so‘rang. Oilani buzish oson, lekin haqiqiy mo‘minalik sabr qilib uzoq yillar bo‘lsa ham o‘z turmush o‘rtog‘ining tavfiqiga sabab bo‘lishdir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:27 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush