Telegram guruhlardagi aktsiyalar

Assalomu alaykum! Telegramda taqinchoq, tillaqosh kabilarni qo‘lda yasab sotaman, telegramda gruppam bor, ko‘proq odam yig‘ish uchun, odamlarni aktivlashtirish uchun aksiyalar o‘tkaziladi hamma guruhlarda. Men o‘tkazmoqchi bo‘lganim: sovg‘a qo‘yiladi qanaqadir taqinchoqdan 10ta, 100ta odam qo‘shgan kishi sovg‘ani oladi, 10ta sovg‘a tugagach aksiya ham tugaydi, ya’ni odam qo‘shgan barcha kishi sovg‘a oladi. Shunda guruhimga kamida 1000ta odam qo‘shiladi. Savolim, shu ishim joizmi? Bu qimorga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir tiyindan bo‘lsa ham pul tikilib kimgadir sovg‘a beriladigan bo‘lsa ham qimor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:45 | Savol-javoblar | 121 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar