G‘iybatchilar haqida
Assalomu alaykum! Mening opamlarni xususiy bog‘chalari bor. Sal kam bir yildan buyon astodil halol mehnat bilan elib yugurib ish yurutib kelmoqdalar alhamdulillah. Bir ishchilari biroz hayoti nochorroq deb yordam berdilar moddiy ma’naviy o‘g‘lini tekinga o‘qitdilar lek u evaziga turli g‘iybatlar ikkiyuzlamachilik va vaqti kelsa gap qaytarib ishdan ketishga majbur bo‘ldi. Endi esa ko‘chada turli tuxmatlar bilan bollalar ularni ota onalariga aytib bog‘chani reytingini tushuryapti. G‘iybat qilyapti tuxmat qilyapti. Opam yaxshigina hafa bo‘ldilar halol mehnatim ko‘kka sovuryapti deb meni qilgani ishim faqat duo qilish bo‘lyapti holos musulmon sifatida yana nima qilolishimiz mumkin yoki hammasin Allohimga topshiraylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlarni ichida shu kabi holatlar bo‘lib turadi. Duoi xayr qilib Allohdan so‘rab turavering. Opangizning mehnatlari zoe bo‘lmaydi, Alloh xohlasa. O‘sha ishchi gap oladigan bo‘lsa, chiroyli qilib nasihat qilib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:41 | Savol-javoblar | 141 | Ruhiy tarbiya