Online savdoda rasmdan farqi

Assalomu alaykum! Telegramda ayollar kiyimi savdosi bilan shug‘ullanaman. Tayyor kiyimlarni rasmga tushirib o‘z kanalimga qoyaman va sotaman. Vaqt o‘tishi bilan mahsulatda sifati avvalgisidan farq qilmagan lekin ko‘rinishi ozgina farq qiladigan zamogi yoki tumachasi rasmdagidan boshqa qoyib ishlab chiqariladi. Buning sababi ko‘proq foyda olish emas, balkim osha zamokni bozordan topa olmaydi yoki uni o‘rniga boshqa zamoklar qolgan bo‘ladi. Shu o‘zgargan mahsulotlarni xaridorlarga har gal aytib sotishim shartmi, har gal shu qismi o‘zgargan deb aytavermasam ancha vaqt tejaladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har safar yangi ma’lumot qo‘yib soting. Chunki bu xaridor bilan sizning orangizda keyinchalik kelishmovchilik tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek siz rasmda ko‘rsatganingizdek bo‘lmasa, xaridor qaytarib berishga haqqi bor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar