Harom pul

Assalomu alaykum! Bankda foizga pul qo‘ygan edim, buni sudxo‘rlik ekanini bildim. Endi shu foizga olgan pulimni maktabga ota-onalar sinf xonasi uchun televizor olib bermoqchimiz, darsda o‘qituvchilar foydalanishi uchun. Shunga qo‘shsam maylimi? O‘z ixtiyorim bilan yoki etim-esirga berish shartmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom pulning hukmi faqir-miskinlarga savob umid qilmasdan sadaqa qilishdir. Maktabda boylarni bolalari bor. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar