Muddatidan oldin to‘lab qo‘ysa

Assalomu alaykum! Savdoda muddatli bo‘lib to‘lashda kunidan kechiksa penya qo‘yish joizmasligini bildik. Kelishilgan vaqtdan oldin qarzni to‘lab qo‘ysa masalan kelishuv 5 oyga bo‘ lgan narx shu 5oyga qimmatroqqa mo‘ljallangan. Sharoit bo‘layapti 2 oyda qarz yopilayapti. Boshidagi kelishuvda qoladimi? Boshida sotuvchi 2oyga bo‘lsa shuncha 3oyga bo‘lsa shuncha desa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalambor, taqsit savdosi durust bo‘lishi uchun aniq bir o‘zgarmas muddat va narxga kelishib olish shart. 2 oyda to‘lasang falon so‘m, 3 oyda to‘lasang falon so‘m deyish mumkin emas.
 Savol. Bir necha yilga bo‘lib to‘lash sharti ila olingan mashinani vaqtidan oldin narxini to‘lab yuborsa, mashinani narxidan kechish mumkinmi?
Javob. Bir muddatga berilgan qarzda, undan bir hissasini kechish evaziga naqdni shart qilish “Musovama savdosi”da joiz emas. Musovama savdosi – sotuvchi qancha foyda qo‘yayotganini aytmay xaridor bilan savdolashib molni sotishiga aytiladi.
Murobaha savdosida sotuvchi muddat evaziga ziyoda qilayotgan narxini xaridorga ochiq-oydin aytadi. Mutaaxxir hanafiy mazhabi olimlari murobaha asosida muddat evaziga bahosini ziyoda qilib qilingan savdoda xaridor belgilangan muddat kelishidan oldin qarzini yopsa yoki vafot etib qolsa, bunday holatda sotuvchi sotilgan molning tan narxini olib, qolgan muddat evazidagi foydani olmaydi. Bu haqda Haskafiy rahmatullohi alayh shunday degan:قَضَى الْمَدْيُونُ الدِّينَ الْمُؤَجَّلَ قَبْلَ الْحُلُولِ أَوْ مَاتَ فَحَلَّ بِمَوْتِهِ فَأَخَذَ مِنْ تَرِكَتِهِ لَا يَأْخُذُ مِنْ الْمُرَابَحَةِ الَّتِي جَرَتْ بَيْنَهُمَا إلَّا بِقَدْرِ مَا مَضَى مِنْ الْأَيَّامِ وَهُوَ جَوَابُ الْمُتَأَخِّرِينَ قُنْيَةٌ وَبِهِ أَفْتَى الْمَرْحُومُ أَبُو السُّعُودِ أَفَنْدِي مُفْتِي الرُّومِ وَعَلَّلَهُ بِالرِّفْقِ لِلْجَانِبَيْنِ“Qarzdor vaqti kelishidan oldin qarzini to‘lasa yoki vafot etib qolsa, o‘lishi bilan nasiya naqd to‘lashga aylanadi. Vafot etganning merosidan oladigan bo‘lsa, molni ustiga qo‘ygan foydasidan o‘tgan kunlarning miqdorichasinigina oladi. Bu mutaaxxir ulamolarning javobidir. “Quniya”da shunday deyilgan. Rum muftiysiy Abu Sa’ud shunga fatvo bergan. Fatvoni tomonlarga foydali ekani bilan illatlagan” (Roddul muxtor).
Buning suvratini Ibn Obidiyn rahmatullohi alayh bayon qilib, shunday degan:اشْتَرَى شَيْئًا بِعَشَرَةٍ نَقْدًا وَبَاعَهُ لِآخَرَ بِعِشْرِينَ إلَى أَجَلٍ هُوَ عَشَرَةُ أَشْهُرٍ، فَإِذَا قَضَاهُ بَعْدَ تَمَامِ خَمْسَةٍ أَوْ مَاتَ بَعْدَهَا يَأْخُذُ خَمْسَةً ، وَيَتْرُكُ خَمْسَةً“Murobahadan o‘tgan kunlarning miqdorichasini oladi degan masalaning suvrati shuki, bir kishi naqdga o‘n so‘mga bir narsa sotib olsa va boshqasiga ma’lum muddatga, ya’ni o‘n oyga nasiyaga yigirmaga sotsa, xaridor besh oy o‘tgandan keyin uning narxini to‘lasa yoki besh oy o‘tgandan keyin vafot topsa, sotuvchi sotilgan mol ustiga qo‘ygan foydadan beshini olib, beshidan voz kechadi” (Roddul muxtor).
Shu masalaning ayni o‘zini “Tanqihul fatavo al-Homidiya”da quydagicha zikr qilingan:سُئِلَ فِيمَا إذَا كَانَ لِزَيْدٍ بِذِمَّةِ عَمْرٍو مَبْلَغٌ دَيْنٌ مَعْلُومٌ فَرَابَحَهُ عَلَيْهِ إلَى سَنَةٍ ، ثُمَّ بَعْدَ ذَلِكَ بِعِشْرِينَ يَوْمًا مَاتَ عَمْرٌو الْمَدْيُونُ، فَحَلَّ الدَّيْنُ وَدَفَعَهُ الْوَارِثُ لِزَيْدٍ ، فَهَلْ يُؤْخَذُ مِنْ الْمُرَابَحَةِ شَيْءٌ أَوْ لَا؟ الْجَوَابُ جَوَابُ الْمُتَأَخِّرِينَ أَنَّهُ لَا يُؤْخَذُ مِنْ الْمُرَابَحَةِ الَّتِي جَرَتْ الْمُبَايَعَةُ عَلَيْهَا بَيْنَهُمَا إلَّا بِقَدْرِ مَا مَضَى مِنْ الْأَيَّامِ قِيلَ لِلْعَلَّامَةِ نَجْمِ الدِّينِ أَتُفْتِي بِهِ ؟ قَالَ نَعَمْ كَذَا فِي الْأَنْقِرْوِيِّ وَالتَّنْوِيرِ ، وَأَفْتَى بِهِ عَلَّامَةُ الرُّومِ مَوْلَانَا أَبُو السُّعُودِ.“Zaydning Amrni zimmasida ma’lum bir haqqi bor edi. Amr bilan bir yilga murobaha savdosini qilishdi va yigirma kundan keyin qarzdor Amr vafot topdi. Qarzdor vafot topishi bilan nasiya savdo naqdga aylanadi. Shunga binoan Amrning merosxo‘rlari Zaydga qarzni to‘lashadi. Bundan shunday savol kelib chiqadiki, Zayd bir yilda oladigan haqini hammasini Amr vafot topganligi uchun yigirma kunda olishi joizmi?
Javob: Mutaaxxir ulamolar Zayd bilan Amr o‘rtasidagi murobaha savdosidan o‘tgan kunlarni miqdoricha, ya’ni yigirma kunni foydasini olishlari joiz bo‘ladi, deganlar. Alloma Najmiddin rahmatullohi alayhga "Siz shunga fatvo berasizmi?" deb aytilganda, u kishi "Ha" deb javob berganlar. “Anqaraviy” va “Tanviyr”da ham shunday deyilgan. Rum olimi Mavlono Abu Sa’ud ham shunga fatvo berganlar” (Roddul muxtor).
Hanafiy ulamolarning mutaaxxirlari tomonidan bunday fatvo berilishiga sabab naqd bilan nasiyada, nasiya mustaqil qiymatga ega bo‘lmasada, zimdan va tobelik jihatidan muddat muqobiliga narx belgilanishligi joizdir. Bu huddi hayvonlarning homilasi mustaqil sotilmagani bilan homilador hayvonni homilador bo‘lmagan hayvonga nisbatan narxi qimmatroq bo‘lishiga o‘xshaydi. Chunonchi, bir necha narsalarning o‘zini savdosi joiz emas. Lekin, boshqa narsalarga qo‘shib sotilganda joiz bo‘lib ketaveradi. Murobaha savdosida ham ma’lum muddat evaziga foyda qo‘yish joizdir. Bu go‘yoki sotiladigan molni sifati darajasida bo‘ladi. Shuning uchun xaridor to‘lov muddatidan ilgari molni narxini to‘lasa yoki xaridor vafot topsa, molning sifati nuqsonlik bo‘lib qoladi. Shuning uchun to‘lanayotgan narxning miqdori muddat evaziga kamaytiriladi.
Ibn Obidin rahmatullohi alayh ushbu masalani illatini bayon qilib shunday deganlar:وَوُجِّهَ أَنَّ الرِّبْحَ فِي مُقَابَلَةِ الْأَجَلِ ، لِأَنَّ الْأَجَلَ وَإِنْ لَمْ يَكُنْ مَالًا، وَلَا يُقَابِلُهُ شَيْءٌ مِنْ الثَّمَنِ لَكِنْ اعْتَبَرُوهُ مَالًا فِي الْمُرَابَحَةِ إذَا ذُكِرَ الْأَجَلُ بِمُقَابَلَةِ زِيَادَةِ الثَّمَنِ ، فَلَوْ أَخَذَ كُلَّ الثَّمَنِ قَبْلَ الْحُلُولِ كَانَ أَخْذُهُ بِلَا عِوَضٍ وَاَللَّهُ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى أَعْلَمُ “Murobaha savdosida foyda muddatning evazida bo‘ladi. Chunki, muddat o‘zi mustaqil mol deyilmasa va uning evaziga moldan biror narsa evaz bo‘lmasada, lekin ulamolar murobahada muddatni mol deb e’tibor qilganlar. Qachon, muddatni evazida narxni ziyoda qilish zikr qilinsa, agar qarzdor to‘lov muddati etib kelishidan avval molni narxini hammasini to‘laligicha to‘lasa, to‘lash muddati etib kelmagan miqdorini biror bir evazsiz olgan bo‘ladi” (Roddul muhtor).
 Shuning uchun murobaha hamda taqsiyt savdosida bir kishi o‘n so‘mlik narsani bir yil muddatga yigirma so‘mga sotsa, xaridor muddatidan ilgari, ya’ni olti oyda narxni hammasini to‘lasa, sotuvchi uni olishga haqqi bor. Lekin, mutaaxxir ulamolarning fatvosiga ko‘ra olmagani afzaldir. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 12:20 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar