Sizlarga katta rahmat
Assalomu alaykum! Men o‘ranganimda bir qancha yoshi katta ayollar hali yoshsiz o‘ranmang hali vaqti keladi men ham ellikka kiryabman keyin o‘rayman deyapmanku dedi yana biri sizni qanday gunohingiz bor hamma gunohingizni meni boshimga qo‘ying men olib ketaman meni yoshim etmishga kiryapti hali men boshimga ro‘mol o‘raganim yo‘q eching deb gapirishdi. O‘sha erda meni tarafimni oladigan odam topilmadi, uchta to‘rta xotinlarni ichidan men juda xafa bo‘lib ketdim. Shunday katta-katta ayollar dinimizni tushunmaganidan. Mendan kichikroq bir qizni shunday gapirib hijobini echtirishdi menga ham bir shunday hayol keldiyu lekin ahdim qat’iyligi uchun bu gaplarga uncha e’tibor bermaslikka harakat qildim. Sizlarga yo‘llagan savolimdan olgan javobimdan keyin yana ham bu ahdimga kuch qo‘shildi. Sizlarga katta rahmat to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganingiz uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh barchamizni O‘zining to‘g‘ri yo‘lida sobitqadam qilsin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 158 | Ayollarga oid masalalar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh barchamizni O‘zining to‘g‘ri yo‘lida sobitqadam qilsin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 158 | Ayollarga oid masalalar