Ta’minotchi

Assalomu alaykum! Men zotli quyonlarni etishtirib naslchilik bilan shug‘ullanaman. Hozirda davlat aholini ma’lum qatlamiga quyon boqish uchun kredit ajratadi. Buni bank orqali amalga oshiriladi. Agar men ta’minotchi bo‘lsam bank mening hosobimga pulni to‘liq o‘tkazib beradi va bankning mijoziga quyon beraman. Mijoz bankka ma’lum foizi bilan pulni qanchadir muddatda to‘lab beradi. Shunday ta’minotchi bo‘lib ishlab topgan pulim halolmi? Agar oz bo‘lsa ham gunohi bo‘lsa ayting ustozlar. Hozirda kam bo‘lsa ham naqdga savdo qilib kelyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Naqdga qilavering. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar