Tahoratda mash tortish
Assalomu alaykum! Musanniflar: Ziyovuddin RAHIM, Odilxon qori YuNUSXON o‘g‘li tomonidan chiqarilgan TAHORAT KITOBIning 179-sahifasida "169 – Miqdom ibn Ma’dikarib (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tahorat qilayotib boshga mash tortishga kelganlarida, ikki kaftlarini peshonalariga qo‘yib, gardanlarigacha yurgizib, so‘ng ikki kaftlarini yana (mash tortishni) boshlagan joylarigacha (ya’ni, peshonagacha) qaytarganlarini ko‘rganman” (Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih). Bu rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) boshlariga qanday mash tortganlari aytilmoqda. Bu erda boshga to‘liq mash tortish ta’riflangan. Demak, boshga to‘liq mash tortish uchun avval qo‘llarni ho‘llab, so‘ng ikki kaftni ochib, bosh old qismining soch chiqqan joyiga qo‘yiladi. So‘ng qo‘llar bosh ustidan yurgizilib, gardangacha olib boriladi. Keyin yana mash tortishni boshlagan joygacha kaft yurgizib boriladi. Shundan so‘ng ikki quloq ichi va tashqarisiga mash tortiladi" deb yozilgan. Men peshonadan bo‘yin tomonga bir marta mash tortib, quloqni ichi va tashqarisiga mash tortar edim. Savolim quyidagicha: demak, boshga ikki marta, ya’ni peshonadan bo‘yinga va bo‘yindan peshonaga mash tortiladimi? Agar tushunmasdan noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam, oldindan uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda kelgani sunnat. Siz qilgandan esa farz ado bo‘lgan. Tushkunlikka tushishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda kelgani sunnat. Siz qilgandan esa farz ado bo‘lgan. Tushkunlikka tushishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar