Taloq va nikoh
Assalomu alaykum! Men birinchi turmush o‘rtog‘im bilan turmush qurganimizda zagsdan o‘tmaganmiz. 1 yil yashadik. Farzandli bo‘lganimizda oilaviy kelishmovchilikla tufayli ajrashdik. U menga taloqsan demagan. 5 yil oldin javobimni bering deganman u kishi javob sanga degan. Chunki mendan va farzandidan 5 yil mobaynida xabar olmagan moddiy taminlamagan bola uchun nafaqa to‘lamaydi. Shunda menga taloq tushganmi? 5 yil dan so‘ng ikkinchi bor turmush chiqdim nikoximiz xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lib, javob senga degan bo‘lsa taloq tushgan bo‘ladi. Javob senga degandan keyin uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsangiz iddangiz chiqqan bo‘ladi. Shundan keyigi qilingan nikoh durust bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush