Karzmi?

Assalomu alaykum! Taxminan 7-8- sinfligimda husni hatim chiroyli bo‘lgani uchun kimyo o‘qituvchimiz o‘z konspektini yozib berishni so‘ragandilar. 5000 so‘m berib daftar oling 48 varoqli degandilar. Daftar olganman adashmasam qanchadur ortib qolgandi. Shuni o‘qituvchimizga berganmanmi yoki yo‘q eslay olmayabman. O‘qituvchimiz bilan uyimizga ketish yo‘li bir(damasta). Ustozimizga aytishga jurat qilolmadim. Birga qaytib qolgan paytimizda yo‘lkiralarini to‘lab qo‘yardim. Shu bilan bo‘ynimdagi qarzim bo‘lsa uziladimi? Yoki o‘zlariga aytib bildirishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha yo‘lkirani “qarzimdan” deb niyat qilib to‘lab qo‘ygan bo‘lsangiz qarzingiz ado bo‘lgan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar