Qurbonlik qo‘yini so‘yib chiqqan go‘shtga savdolashsa

Assalomu alaykum! Bir do‘stimni nomidan savol: Bir kishini qo‘yi bor, u kishi qo‘yini bir tanishiga sotmoqchi. Tanishi qurbonlik qilish uchun sotib olyabdi, ammo qo‘yni egasi bunday savdo qilmoqchi: “Qo‘yni uyizga olib borib so‘yib toza terlangan ichi tozalangan go‘shtni o‘zini taroziga qo‘yib tortib, nechi kg chiqsa go‘sh yog‘, bozorda 1 kg qo‘y go‘shti necha pul bo‘lsa kg miga shuncha puldan berasiz” debdi. Shu joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘y narxi kelishilmasdan, tayin bo‘lmasdan oldin egasining mulki bo‘ladi, sotib olmoqchi bo‘lgan kishining qo‘lida omonatida bo‘ladi. Omonat narsani qurbonlik qilish bilan qurbonlik ado bo‘lmaydi. Qo‘yni turishini kelishib, bay qilib, sotdim-oldim qilganidan keyin qurbonlik qiluvchining hisobiga o‘tadi. O‘shanda qurbonlik qilishi kerak. Kelishmasdan bay qilmasdan so‘yilsa, qurbonlik emas oddiy go‘sht bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar