Olgan stipendiyam halolmi
Assalomu alaykum! Sessiya online tizimda olib borildi. 3 ta uch baho olgan talabalar stipendiyadan mahrum qilinadi. Men 3ta 3baho oldim va stipendiyadan qoldim deb o‘yladim. Ba’zi savollar biz o‘qigan sistemadan tushmadi ba’zisi esa e’tiborsizlik qilib 1ta mavzuni o‘qimagandim. Shu erda tushdi. Noto‘g‘ri echgan javoblarimning to‘g‘ri variantini ustozim va guruhdoshlarimdan bilib oldim. Keyin testga ma’sul zam dekanimiz guruh sardoriga meni holatimni bildiribdi va guruh sardori qayta imkon berishini iltimos qilibdi. Men Yana bilimlarimni mustahkamlab qayta topshirdim va Ba’zi savollar o‘tgan safargi testlardan tushdi qaytarildi, lekin tizimda 2ta noto‘g‘ri test tuzganligi uchun yana 3 baho oldim. O‘sha 2 ta testdan 1tasini noto‘g‘ri da’vo qilib qo‘yibman. Mening gapimga ishonib 4baho qo‘yib yuboribdi. Baho qo‘ygandan keyin bilibman. Komissiya onlayn test bilan bahoni solishtirganda bir xil bo‘lishi kerak. Sen qaytadan 4 bahoga ishla deb zam dekanimiz aytdi. Yana ham bilimlarimni mustahkamlab 3chi imkoniyatdan foydalandim va yana ba’zi oldingi to‘g‘ri javoblarini bilib olgan savollarimdan testda qaytarildi yangi testlar ham bor. Va men 4 baho oldim. Faqat men uchun emas ko‘p o‘tolmagan va 3 baho olgan talabalar uchun imkoniyat berildi. Lekin noto‘g‘ri da’vo qilganimdan afsusdaman. Shu stipendiya men uchun halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Stipendiyaga loyiq bo‘lsangiz halol. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Stipendiyaga loyiq bo‘lsangiz halol. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom