Straumann emdogain preparati

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Men stomatologman. Odamlarda ko‘p tarqalgan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan biri - bu paradontit bo‘lib, bunda tish ildizini o‘rab turuvchi suyak to‘qimasi emiriladi. Sababi bartaraf etilsa jarayon to‘xtaydi-ku, lekin, emirilib bo‘lgan suyak qayta tiklanmaydi. Shunday xolatlar bo‘ladiki, tishlar ildizlarining uchdan ikki qismigacha emirilib bo‘ladi. Bunda agar suyak qayta tiklanmasa, tishlar qimirlab tushib ketadi. Achinarlisi, bu kasallik, ko‘pincha umumiy bo‘lib, ko‘p tishlarni qamrab oladi. Hozirgi kunda samarali bo‘lgan usullardan biri suyak transplantatsiyasi. Bunda qovurg‘adan yoki tananing boshqa a’zosidan suyak ko‘chirib o‘tkazib, milkka qo‘yiladi. Yana bir samarali usul - "Straumann® Emdogain" deb nomlangan oqsil tarkibli gel bo‘lib, parodontitdan natijasida yo‘qotilgan tish to‘qimalarini qayta tiklanishini ta’minlaydi. Rasmiy saytida uning tarkibi yozilmagan. Publikatsiya qilingan ilmiy maqolalardan ma’lum bo‘lishicha, bu preparat orqali tiklangan to‘qima 10 yilgacha ham saqlanib turibdi. 2018 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Janubiy Koreyalik proffessor ham o‘z amaliyotida shu preparatni ishlatishini aytdi. Yana aytdiki, bu preparat cho‘chqa organizmidan tayyorlanar ekan. "Zikr ahlidan so‘rang" 1 kitob 123 savolning javobida quyidagilar yozilgan: ...Yana bir qonun shuki, cho‘chqadan olingan moddadan tayyorlangan "insulin" dorisi qand kasalligiga giriftor bo‘lgan bemorlar uchun davo sifatida ishlatiladi va uni shar’iy qoidalarga binoan, zarurat uchun ishlatish mumkin... Savolim: 1) Bu preparatni ishlatish joizmi? 2) Agar uni ishlatish joiz bo‘lsa, bemor uning tarkibini so‘ramasa ham, aytib qo‘yishim kerakmi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Barchamizni iymonda va islomda sobit qadam qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Agar bemorlik diabet darajasida, davo ham insulin zarurati darajasida bo‘lsa ulamolar joiz deganlar. 2). Bir qator bemorlarga aytib qo‘ying. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 10:28 | Savol-javoblar | 144 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar