Shubhali pullarga qurilgan masjid

Assalomu alaykum! Saytingizda bir savolga kilgan javobingiz uyga toldirdi, xarom va shubxali mablag aralashgan mablaglar bilan kurilgan masjitda namoz ukish makrux debsiz, man Nurota tumanidanman, uyimiz yakinidagi masjit kurilishida kanaka mablaglar aralashganidan ancha xabardorman, masjitga mablag ajratgan korchalomlarning kupi sutxur va kup insonlarni chetga yuvoraman deb pullarini egan boyvachchalar ajratgan xarom pullar evaziga kurildi, uzi umuman xozirgi kunda manaman degan masjit kurilishida shubxali va xarom pullar aralashadi chunki masjitlar rosa xashamatli va chakana mablag ketmaydi, fakat biz buni bilmaslikka olamiz yoki ishboshi eshonlaru din mulozimlari bunga katta etibor kilishmaydi, demak men namozni uyda ukishim kerakmi endi? Bilib turib xolatni boshka uzokrok masjitga katniymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa ilojingiz bo‘lmaganidan keyin chiqib o‘qiyvering. Uyda qasddan yolg‘iz o‘qisangiz gunohi undan ham yomon bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar