Aroq qo‘shilgan qandolat maxsuloti

Assalomu alaykum! Men konditer tsexiga ishga kirdim. Bu erda ayrim qandolat massilklarining tarkibida aroq qo‘shilar ekan. Men ularga aroq xarom shu aroq o‘rniga boshqa narsa ishlatinglar desam buning ilojisi yo‘q, aroq 40 gradusda parlanib uchadi. Bizning masallig‘imiz esa 200 gradusda pishiriladi deyishdi. Shu maslada nima deyish mumkin? Aroq qo‘shib tayyorlab sotayotgan maxsulotlarimiz uchun barchamiz gunoxkor bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lasizlar va halolni harom qilib sotayotgan bo‘lasizlar. Parchalanib uchib ketsa, hech narsasi qolmasa qo‘shishda nima mantiq bor? Demakki qo‘shishda bir narsasi qoladi. Qolmagan taqdirda ham aroq qo‘shilsa harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar