Hadis Tasfsiri

Assalomu alaykum! Bir xadis eshitdim ya’ni o‘sha xadisda aytilgan bir zinokor ayol chin ixlos bilan itga suv bergani uchun jannatga kirgan ekan. Shuni eshtib ko‘pchlik namoz o‘qimay faqat yaxshlik qilib jannatga kiraman deb o‘ylaydi. Iltimos shu xadisni tushintrib bersangiz va shunady deb o‘ylaydiganlarga nima deyish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularning misoli “Bir kun podshox vazirining uyiga borsa kutib olishga yosh bolasi chiqibdi va uyga taklif qilibdi. Shu fursatda podshox vazirning o‘g‘lini qulog‘ini cho‘zib erkalatibdi. Bola podshoxni kimligini bilmasdan qattiq xaqoratlabdi. Vazir xovliga chiqsa yosh o‘g‘li podshoxni haqoratlab turgan ekan, qo‘rqqanidan qilichini olib chiqib podshoxga taqdim qilib “menga bunaqa bola kerak emas, bemalol o‘ldirib yuboravering” debdi. Podshox qilichni qiniga solib, bolani kechiribdi” shunga o‘xshaydi. Lekin podshox o‘zini haqorat qilganlarni hamma vaqt kechiravermaydi. Podshox o‘sha bir yosh bolani kechirgan ekan deb kimdir podshoxni haqoratlashga jur’at qilishi ahmoqlikdan holi emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 148 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar