Foyda halolmi?

Assalomu alaykum! Bir korxona xar xil proektlarga investitsiya kiritadigan Angliya firmasi ekan. Invistitsiyani faqat xalol g‘oyalarga kiritishar ekan. Ammo islomda agar pul tikkan odam o‘sha proekt foyda va zarar keltirishiga rozi bo‘lib, pul bersa ya’ni bankrot bo‘lish ehtimolini xam qabul qilsa, bu ish xalol deyilgan. Ammo bu firma proekt bankrot bo‘lsa, bergan pulini sud orqali undirib olarkan. Shu xolatda, bu firmaga pul invistitsiya kiritib, foyda ko‘rish xarom bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni shartnomalari bilan yaxshiroq tanishib chiqish kerak ekan. muzorabada pul tikuvchi pulga, mehnat qilgan mehnatiga kuyishi aytilgan. Ammo bu shartni mutlaq qo‘yib qo‘ysa hozirgi odamlar befarq bo‘lib bankrot qilishib, “Pulingizga kuydingiz” deb bahona qilishmoqda. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar