Odam alayhissalomning farzandlari
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bilamizki barcha insonlarning kelib chiqishi Odam Ato va Momo Xavvoga borib taqaladi, shundaymi? Shunday bo‘lgan xolatda nima uchun barcha insonlar turli xil ko‘rinishda: yapon (qisiq ko‘z), xind (katta ko‘zli), oq, xabash va hokazo. Ko‘rinish jixatdan mutloq bir biridan farq qiladi. Bir ota onaning farzandlari bo‘lganlar bir-biriga ko‘rinish jixatidan xam o‘xshash bo‘lishlari kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Odam alayhissalom yaratilayotganda dunyoning hamma joylaridan tuproq olingan. Qaerdan qanday tuproq olingan bo‘lsa o‘sha joyning farzandlari o‘sha ko‘rinishda bo‘ladilar. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ تَعَالَى خَلَقَ آدَمَ مِنْ قَبْضَةٍ قَبَضَهَا مِنْ جَمِيعِ الْأَرْضِ، فَجَاءَ بَنُو آدَمَ عَلَى قَدْرِ الْأَرْضِ، فَجَاءَ مِنْهُمُ الْأَحْمَرُ، وَالْأَبْيَضُ، وَالْأَسْوَدُ، وَبَيْنَ ذَلِكَ، وَالسَّهْلُ، وَالْحَزْنُ، وَالْخَبِيثُ، وَالطَّيِّبُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh taolo Odamni jamiki erdan changallab olgan chang(tuproq)dan xalq qildi. Bas, Banu Odam erning miqdoriga qarab keldi. Ulardan qizil, oq, qora, ularning orasida (tabiati) engil, mahzun, buzuq va yaxshisi bor», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Rivoyatlarda aytilishicha, Alloh azza va jalla Azroil alayhissalomga turli tuproqlardan bir changal olib kelishni amr qilgan. U Allohning bu amrini bajargan. Shuning uchun ham ruhlarni qabz qilish Azroil alayhissalomga topshirilgan.
So‘ngra chuchuk, sho‘r va achchiq ta’m suv quyilib, loy qilingan va o‘sha loydan Odam yaratilgan. Shuning uchun ham odamlarning ranglari va tabiatlari turlicha bo‘ladi.
Bu haqiqatni hozirgi zamon ilmi ham tasdiqladi. Avval ilm inson jismidagi barcha moddalar tuproqda ham borligini kashf qilib, uning tuproqdan yaralganini tahlillar orqali tasdiqladi.
Ilm yana ham rivojlangandan so‘ng odam tanasidagi moddalar tuproqda ham borligidan tashqari, ularning nisbati ham bir xil ekanligi tasdiqlandi. Misol uchun, odam tanasida necha foiz fosfor moddasi bo‘lsa, tuproqda ham shuncha foiz borligi kashf etildi. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Farzandgina otaga o‘xshashi shart emas, balki nabira va undan keyingilar ham o‘xshayveradi. O‘sha narsa naslda bo‘lsa bo‘lgani. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar