Har bir namozdan oldin tahorat olinadimi
Assalomu alaykum! Men endi namozni o‘qishni boshlayapman. Shuning uchun bir narsani so‘ramoqchiman. Har bir namoz oldidan tahorat olish shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratingiz sinmasa, har namozdan oldin tahorat olish shartmas. Tahoratni sindiruvchi narsalar quyidagilardir:
1. Kishining orqa va oldi najosat yo‘lidan chiqadigan har qanday narsa tahoratni sindiradi. Ular xoh peshob, xoh el bo‘lsin, xoh najosat, xoh qurt bo‘lsin, farqi yo‘q. Yana shu ikki yo‘ldan biriga barmoqning kirishi yoki orqaga huqna (klizma) qilib, chiqarib tashlash bilan ham tahorat sinadi.
2. Badanning qaysi bir joyidan qon yoki yiring chiqsa-yu, toza joyga yoyilsa ham, tahorat buziladi.
3. Og‘izni to‘ldirib qayt qilish bilan ham tahorat sinadi. Inson qayt qilganda og‘zi to‘lib gapira olmay qolsa yoki og‘zini berkita olmasa, shu holat og‘zi to‘lib qayt qilganga kiradi.
4. Yoki inson qon qayt qilsa-yu, tupugiga qonning rangi g‘olib bo‘lib qizarsa, sinadi. Ammo tupugining rangi sarg‘aysa, sinmaydi.
5. Kishi yonboshlab yoki bir narsaga suyanib uxlasa va uyqusi shu suyangan narsasi olib qo‘yilganda yiqiladigan darajada bo‘lsa, tahorati sinadi; mast bo‘lish, hushdan ketish, tutqanoq va jinni bo‘lish bilan ham tahorat sinadi.
6. Er xotinini yalang‘och holda quchoqlasa ham tahorati ketadi.
7. Mazhabimizga ko‘ra, ruku’ va sajdasi bor namozda (janoza namozidan tashqari) balog‘atga etgan xoh erkakning, xoh ayolning qah-qah otib kulishi bilan tahorat sinadi. Yonidagi kishi eshitadigan darajadagi kulgi «qahqaha» deyiladi. Alloh taolo bilan munojot qilayotganda bu kabi narsalarni qiluvchilarga ta’zir berish sifatida ularga tahoratni yangilash shart qilinmoqda.
Izoh: ko‘z yoshi (agar og‘riq tufayli bo‘lmasa), burunning suvi, badandan chiqqan ter, ona suti tahoratni buzmaydi. Shuningdek, chivin yoki burga qancha qon so‘rsa ham, tahorat sinmaydi. Shuningdek, mushak ostilariga ukol qilinganda qon chiqmasa, tahorat sinmaydi. (“Mo‘minning me’roji” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 250 | Tahorat