Bamdod namozini o‘qigan haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Jundub ibn Abdullox roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar : Kim bomdod namozini o‘qisa, u Allohning zimmasidadir. Demak, Alloh sizdan zinxor O‘z zimmasidagi narsadan biror narsani talab qilib qolmasin, yana uni idrok qilib, jaxannam oloviga yuztuban otmasin». Shu xadisni sharxlab beringlar. Ma’nosini tushunmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن جندب بن عبدالله رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : مَن صَلَّى الصُّبحَ فَهُوَ فِي ذِمَّةِ اللَّهِ ، فَلا يَطلُبَنَّكُمُ اللَّهُ مِن ذِمَّتِهِ بِشَيْءٍ فَيُدرِكَهُ فَيَكُبَّهُ فِي نَارِ جَهَنَّمَ رواه مسلم Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bomdodni o‘qisa, u Allohning kafolatidadir. Alloh sizlarni O‘z kafolatiga oid biror narsa yuzasidan talab qilmasin, aks holda uni (kafolatga tajovuz qilganni) tutib, jahannam oloviga yuztuban tashlaydi», dedilar». Izoh: Barcha farz namozlar qat’iy talab qilingan bo‘lsa­da, bu hadisda bomdod namozi yanada alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlanmoqda. Boshqa rivoyatlarda bu erda bomdodni jamoat bilan ado etish nazarda tutilgani aytilgan. Kim shunday qilsa, u Allohning kafolatida, omonligida bo‘ladi. Muslim rivoyati. Bu hadisdan maqsad musulmon kishini namoz o‘qiganini qoni ham moli ham joni ham Allohning ximoyasida ekanligini bayon qilishdir. Bamdodga chiqishni qaydlash bilan xolis musulmonni iroda qilingan. Chunki iymoni mustahkam xolis mo‘mingina bamdodga chiqa oladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 183 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar