Yuztuban yotish

Assalomu alaykum! Yuztuban yotishlikdan qaytarilgan. Buni hadisda  jaxannamiy yotish deyilgan. Men kovidga chalinib kasal bo‘ldim, bu kasallikda yuztuban yotishni buyurishadi. Xaqiqatdan xam yuztuban yotsangiz nafas olishingiz ravonlashadi. Men xozirgacha xam yonboshlab va chalqancha yotolmiman. Yuragim siqilib nafas etishmaydi. Erga qarab yotsam o‘zimni yaxshi xis qilaman. Bu vaziyatda nima qilishim kerak maslaxat bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu holatda uzrli hisoblanasiz. Sog‘ayib olguningizcha shunday yotishingiz joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 159 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar