Kelishish to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men yaqinda bo‘lib to‘lash sharti bilan telefon olgandim. Kelishuv shunday bo‘ldi: Tanishim bilan bozorga bordik va o‘sha tanishim o‘z mablag‘i evaziga 1 550 000 so‘m naqd pulga telefonni oldi keyin menga o‘z foydasini ya‘ni telefonni umumiy narxini 4/1 qismini qo‘ydi. Shunda men tanishimga 5 oy muddatda 1 937 500 so‘m miqdordagi pulni, oyiga 387 000 so‘mdan berish sharti bilan oldim. Pul vaqtida berilmasa hech qanday narxida o‘zgarish bo‘lmaydi, faqat ehtiyotan telefonni karobkasini o‘zi bilan olib qoldi. Aynan shu turdagi savdo-sotiq joizmi? Biz to‘g‘ri kelishdikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz, to‘g‘ri kelishibsizlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:31 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar