Kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxasis kasbi

Assalomu alaykum! Institutda engil sanoat yo‘nalishida o‘qiyman. Kelajakda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxasis bo‘lib etishaman In shaa Alloh. Savolim shuki: bu kiyimlar ichida ayollar har xil kiyimlari ham mavjud. Kelajakda shu sohada ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlang, nojoiz relsda ketayotgan paravozni joiz relsga o‘tkazishni niyat qiling. من حديث أنس ابن مالك رضي الله عنه أنه عليه الصلاة والسلام قال: إِنَّ مِنْ النَّاسِ مَفَاتِيحَ لِلْخَيْرِ مَغَالِيقَ لِلشَّرِّ، وَإِنَّ مِنْ النَّاسِ مَفَاتِيحَ لِلشَّرِّ مَغَالِيقَ لِلْخَيْرِ، فَطُوبَى لِمَنْ جَعَلَ اللَّهُ مَفَاتِيحَ الْخَيْرِ عَلَى يَدَيْهِ، وَوَيْلٌ لِمَنْ جَعَلَ اللَّهُ مَفَاتِيحَ الشَّرِّ عَلَى يَدَيْهِ“Albatta, insonlardan yaxshilikka kalit, yomonlikka qulf bo‘ladiganlari bor. Va yana insonlardan yaxshilikka qulf, yomonlikka kalit bo‘ladiganlari ham bor. Alloh taolo qo‘liga yaxshilikni bergan kishiga “Tubo” bo‘lsin! Alloh taolo qo‘liga yomonlikni bergan kimsaga “Vayl” bo‘lsin!”.
(“Tubo” – ko‘p yaxshiliklar yoki jannatdagi daraxtning nomi. “Vayl” – ko‘p yomonlik yoki jahannamdagi dahshatli vodiyning nomi).  Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar