G‘uslga o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Bundan bir xafta oldin meni (appenditsit) kassalligi tufayli operatsiya qilishdi va tabiiyki badanimdagi kesilgan joyga suv tekkizishni man qilishdi. Juma kuni juma namozidan avval g‘usl qilish maqsadida butun badanimni nam latta bilan artdim(jaroxat joyini chetlab o‘tgan holatda) va Allohdan qilgan g‘uslmni qabul qilishini so‘rab juma namoziga chiqdim va qolgan namozlarimni ham davom ettirdim. Savolim qilgan ishim to‘g‘ri bo‘ladimi? Shunday holatda bu ham g‘uslga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilgansiz. Agar sizga g‘usl vojib bo‘lgan bo‘lsa g‘usl qilganingizda badaningizdan 3-4 tomchi suv oqadigan darajada xo‘llanishingiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar