It

Mexribon va raximli Ollox nomi bilan boshlayman.Xurmatli Shayx xazratlari bir savolim bor edi.Islomda it xukmi kanday ? Uni bokish,foydalanish ( eshitishimcha taxoratli odamni it iskasa taxoratni buzarmish ).Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu savol ko‘p takrorlangan. Topib o‘qisagiz bo‘lmaydimi? Sizga tayyor turgan narsani ham biz topib berishimiz kerakmi?Bismillahir rohmanir rohiym.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim chorva, ov yoki ziroat itidan bosh-qa it tutsa, uning ajridan har kuni bir qiyrot noqis bo‘lur», dedilar». Termiziy va ikki shayx rivoyatida:«Uning ajridan har kuni ikki qiyrot noqis bo‘lur», deyilgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifdan ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, Islomda it boqishga uchta sabab tufayli ruxsat berilgan; 1. Ov uchun it boqsa bo‘ladi. 2. Ekinzorlarni qo‘rish uchun, ziroat iti boqsa bo‘ladi. 2. Qo‘y va boshqa hayvonlarni qo‘rish uchun chorva iti boqsa bo‘ladi. Umiymiroq qilib aytsak, qo‘riqchi itlarni boqsa bo‘ladi. Hozirgi paytlarda ba’zi iz quvish yoki narsalarni hidlab bilish uchun ishlatilayotgan itlar ham qo‘riqchilik uchun ushlab turiladigan itlar qatoriga kiradi.Boshqa maqsadlarga it ushlab turish shariatga xilof sanaladi. Chunki it najas narsa. Yalagan, hidlagan narsalarini ham najasga aylantiradi. U najas narsalarni egani uchun og‘zida o‘ta zaharli mikroblar ko‘p bo‘ladi. Buning ustiga it vaqti-bemahal hurib kishilarni bezovta qiladi, ozor beradi. Bo‘shalib ketgan itlar esa, kishilarni qopib olishi, turli jarohatlarga, kasalliklarga va hatto qutirib ketishga sabab bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda turli jamiyatlarda tez-tez itlarni qirib tashlash ishlari ham olib borib turilishi buning isbotidir. Shariatda ko‘rsatilgan maqsadlardan boshqa yana qandoq maqsadda it boqilishiga nazar solib ko‘raylik. O‘shanday ishlardan biri it urishtiruvchi qimorbozlarning it boqishidir. Bu nafaqat insoniyat uchun, balki it uchun ham or, uyat-nomus ish emasmi? Yana ba’zi bir xalqlarda farzand qilishdan qochganlarning it boqishi ham bor. Farzand qilsa tashvish ko‘p, deb o‘ylashadi. Ammo inson o‘laroq tabiatlarida mehr-shafqat ko‘rsatish istagi bor. Nima qilishini bilmay it boqadi. Itga farzandga qilgan muomalalarni qilishadi. Yuvib-tarashadi. Quchoqlab o‘pishadi. Ko‘tarib yurib, birga olib yotishadi. Qo‘yinkgi, farzandga qilinishi kerak bo‘lgan ehtimom va e’tibordan ham ko‘proq narsalarni qilishadi. Hatto iti o‘lib qolsa, dabdaba bilan ko‘mib, qabriga yodgorlik o‘rnatganlari ham bor. Shuningdek, o‘layotib molu-mulkini itiga meros bo‘lishi uchun hujjat qoldirib ketganlari ham bor.Islomda itning o‘rniga o‘z farzandiga yaxshi e’tiborli bo‘lish, ba’zi sabablarga ko‘ra farzand ko‘rmasa, etim bolalardan boqib olishga targ‘ib qilingan. Vallohu a’lam

27 Aprel 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 193 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar