Qabrdagi insondan duo va quvvat olish
Assalomu alaykum! Ulug‘ zotlarning qabrlarini ziyorat qilganda ularga: «Hazrat haqqimga Allohga duo qiling» - deb ulardan duo olsa bo‘ladimi? Ruhlar ham duo qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday demaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni nima maqsadda ziyorat qilishni ta’limini berib, quyidagi hadisni marhamat qilganlar. Bundan boshqa narsani maqsad qilinmaydi. عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَدْ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَقَدْ أُذِنَ لِمُحَمَّدٍ فِي زِيَارَةِ قَبْرِ أُمِّهِ فَزُورُوهَا، فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ الْآخِرَةَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ وَاللَّفْظُ لِلتِّرْمِذِيِّ Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Batahqiq, Muhammadga onasini ziyorat qilishga izn bo‘ldi. Bas, u (qabr)larni ziyorat qiling. Chunki ular oxiratni eslatadi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Lafz Termiziyniki. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 151 | Duolar