Qabristonda Qur’on tilovati
Assalomu alaykum domla! Men qabristonda Qur’on tilovati haqida so‘ramoqchi edim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Imom Jaloliddin Suyutiy o‘zlarining «Sharhis Suduri bisharhi holil mavta val quburi» nomli kitoblarida «Dafn paytida aytiladigan narsalar bobi»da jumladan quyidagilarni keltiradi:«Tabaroniy va Bayhaqiylar Ibn Umar mroziyallohu anhudan riivoyat qiladilar: «Rasululloh salallohu alayhi vasallamning «Qachon biringiz vafot etsa, uni ushlab turmanglar. Uni qabriga tezroq eltinglar. Uning bosh tarafida «Fotiha»ni qiroat qilinsin» deganlarini eshitganman», dedi».Bayhaqiyning lafzida: «Baqaraning avvalini, ikki oyog‘i tarafida «Baqara» surasining oxirini qabriga o‘qisin», deyilgan.Tabaroniy Abdurrohman ibn al-Alaa ibn al-Hallojdan rivoyat qiladi:«Otam menga «Qachon meni lahadimga qo‘ysang, bismillahi va ala millati Rasulillahi sallallohu alayhi vasallam, degin. So‘ngra ustimga tuproq tortgin. Keyin bosh tarafimda «Baqara» ning avvali va oxirini qiroat qilgin. Men Rasululloh salallohu alayhi vasallam shuni aytganlarini eshitganman» dedi».Yana o‘sha kitobning «Mayytiga yoki qabrga Qur’on qiroat qilish bobi»da imom Jaloliddin Suyutiy rohamatullohi alayhi quyidagilarni yozadi:«Musulmonlar barcha asrlarda hech qanday inkorsiz jamlanib o‘liklariga qiroat qilib kelmoqdalar. Bas, bu narsa ijmo’ bo‘ladi. Bularning hammasini Hofiz Shamsiddin Abdul Vohid al-Maqdisiy al-Hanbaliy shu masala bo‘yicha ta’lif qilgan juzida zikr qilgan.Qabrga qiroat qilishga kelsak uning shariatda borligiga bizning ashoblarimiz va boshqalar jazm qilganlar.Az-Za’faroniy: «Shofe’iy rahimahullohudan qabr oldida qiroat qilish haqida so‘radim. Hechqisi yo‘q, dedi.Imom Ahmad ibn Hanbal buni avval inkor qilar edi. Chunki unga biror rivoyat etmagan edi. Unga rivoyat etganda o‘z fikridan qaytgan».Imom Jaloliddin Suyutiyning «Sharhis Suduri bisharhi holil mavta val quburi» nomli kitobida zikr qilingan imom Ahmad Ibn Hanbalga qabr ustida qiroat qilishga hujjat bo‘lgan rivoyatni qandoq etganinini shayx Abdulfattoh Abu G‘udda rahmatullohi alayhi «Salasu rasoila fii istihbobi duoi va raf’ul yadayni fiyhi ba’das salovotil maktuba» nomli kitobga yozgan muqaddimada o‘qiymiz:«Ibn Qayuyum «Kitobur ruh»ning avvalida (51-betda) zikr qiladi: «al-Xallol aytdi:«Hasan ibn Ahmad al-Varroqdan, u Ali ibn Muso al-Haddoddan rivoyat qiladi: «Ahmad ibn Hanbal va Muhammad ibn Qudoma al-Javhariylar bilan birga janozada edim. Mayyit dafn qilinganida bir ko‘r kishi qabr yonida o‘tirib qiroat qila boshladi. Shunda Ahmad unga:«Ey sen! Qabrning yonida qiroat qilish bid’atdir!» dedi.Maqbaradan chiqqanimizda Muhammad ibn Qudoma Ahmad ibn Hanbalga:«Ey Abu Abdulloh! Mubashshir al-Halabiy haqida nima deysan?» dedi.«Ishonchli odam», dedi.«Undan biror narsa yozganmisan?» dedi.«Ha», dedi.«Mubashshir menga Abdurrohman ibn al-Alaa al-Lajlajdan, u o‘z otasidan xabar berdi. O‘sha odam dafn qilinganidan so‘ng bosh tarafida Baqaraning avvali va oxirini o‘qishni vasiyat qilgan va Ibn Umarning shundoq vasiyat qilganini eshitganman, degan ekan», dedi.Shunda Ahmad unga:«Qaytib borib haligi odamga ayt, qiroat qilaversin», dedi».Imom Ahmadni Alloh rahm qilsin. U bilan haqning orasida adovat yo‘q edi» (7-8-betlar).Hadisi sharifda rivoyat qilinganki, safarga chiqqan bir odam bilmasdan qabr ustiga kapa tikib oladi. Keyin qabr ichidagi inson «Taborak» surasini oxirigacha qiroat qilganini eshitib, buni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganda u zot: «U (Taborak surasi) man qiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga qabr azobidan najot beradi», deganlar. O‘likning qabr ichida turib Qur’on qiroat qilgani sobit bo‘lganidan keyin tiriklar qabr ustida turib qiroat qilishlarini nima uchun man qilish kerak?! Shuning uchun, bizda dafndan keyin «Taborak» surasini qiroat qilish odat bo‘lgan.Boshqalarda, masalan, Libiyada «Yasin» surasini qiroat qilish odat bo‘lgan. Ahli sunna va jamoa mazhabi bo‘yicha ruh-bayonga, nutq qilishga va xitobni fahmlashga qodir bo‘lgan jon jasadning yo‘q bo‘lishi bilan yo‘q bo‘lib ketmaydi. U mavjud holda bo‘ladi. O‘lganlarning ruhlari to‘planadi. Azob va savob ham ruhga, ham badanga bo‘ladi. Ruh badandan ajraganidan keyin ne’matlanishi yoki azoblanishi davom etadi.Mayyit o‘zining tirik yaqinlarining holini bilib turadi. Ularning yaxshi ishlaridan xursand, yomon ishlaridan xafa bo‘ladilar. Mayyit o‘zini ziyorat qilganlarni biladi va u ma’ruf ish qilsa foyda, munkar ish qilsa ozor oladi.Hanafiy mazhabi bo‘yicha qabrlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga mandubdir. Boshqa mazhablar ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emas deganlar.Qabr ziyorati Juma, Shanba, Dushanba va Payshanba kunlari bo‘lgani yaxshi. Ziyorat va duo tik turgan holda bo‘ladi.Ziyoratchi «Yasin» surasini qiroat qilish mandubdir. Buni «al-Bahru ar-Roiq» kitobining sohibi va az-Zayla’iylar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. Unda Rasululloh alayhissalom:«Kim maqbaralarga kirganda «Yasin» surasini qiroat qilsa, Alloh o‘sha kuni ularga engillik beradi va unga o‘sha erdagi narsalar adadicha hasanotlar bo‘ladi», deganlar.Imom Ahmad, Ibn Moja, Abu Dovud va al-Hokimlar Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh alayhissalom:«O‘liklaringizga «Yasin»ni qiroat qiling», deganlar.Shuningdek, «Fotiha» surasi, «Baqara» surasining avvalida «muflihun»gacha, Kursiy oyatini, Amanarrusuluni, «Taborak» surasini, «Takosur» surasini, «Qul a’uzu birobbil falaqi» hamda «Qul a’uzu birobbinnasi»ni uch martadan va «Ixlos» surasini uch, etti yoki o‘n bir marta o‘qisa bo‘ladi. Qiroatning savobini o‘tganlarga bag‘ishlab duo qilinadi.
30 Aprel 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim