Hadisdagi mayda toshchalar
Assalomu alaykum! 128/12. Abu Hurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollAllohu alayhi vasallam: «Kim tahorat olsa va uni chiroyli suratda ado etsa, so‘ngra juma namoziga borib, (xutbaga) jim turib qulok tutsa, o‘sha juma bilan (keyingi) juma orasidagi va bunga uch kun qo‘shib (hammasi bo‘lib, o‘n kun orasidagi) gunohlari kechiriladi. Kim mayda toshlarni ushlab (uynasa), befoyda ishni bajaribdi», dedilar. (Imom Muslim rivoyati). Kim mayda toshlarni ushlab (uynasa), befoyda ishni bajaribdi» shu joyiga ozgina tushuncha bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U vaqtlarda masjidga gilam yozilmagan edi. Beparvolik qilib tosh o‘ynab o‘tirgan bo‘lsa mahrum bo‘ladi degani. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar