1xbet o‘yiniga pul tikish

Assalomu alaykum! 1xbet ya’ni sport o‘yinlariga pul tikib pul topish harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar