Pullik kassa yig‘ish sharti

Assalomu alaykum! Savol berishimdan avval bizdagi pullik kassa haqida ozgina ma’lumot bermoqchiman. Masalan 10 kishi ma’lum bir summani kelishib, ma’lum bir kunga yig‘ib olib kelishga maslahat qilishadi. O‘sha kuni 10 kishi o‘rtasida qur’a tashlab, kimga qur’a chiqsa o‘sha kishiga hamma yig‘ilgan pulni berishadi. Savolim quyidagicha : Pullik kassa yig‘iladigan kuni ma’lum sabablarga ko‘ra pul olib kela olmagan kishiga, vaqtida kassa pulini olib kelmagani uchun jarima solsa bo‘ladimi? Jarima ma’lum miqdordagi pul bo‘lsa va bu jarima puli kassa oluvchiga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu yordam qarzi bo‘lib, uni kechiktirgani uchun jarima olish ribo hisoblanadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar