Namozni qoldirish
Assalomu alaykum! Men besh vaqt namoz o‘qib boshlagan edim, kichkina chaqalog‘im bor. Bolamga privivka qildirib kelgan kunim uning isitmasi oshib ketdi. Men namoz o‘qishga kirdim xufton o‘qib boshlagandim erim namozimni buzib yubordi baqirib. Men o‘rnimda turib ketdim, lekin aydanib yana o‘qidim. Biroq shundan beri qalbim og‘riyapti, shundan so‘ng namozni to‘xtatdim. Erim naroziroq bo‘ldi, nima qilishni bilmay qoldim yoki faqat bomdod o‘qib yursam bo‘ladimi? Vijdonim qinalyapti...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hamma namozlarni o‘qing. Eringiz kofirni ishini qilibdi. O‘sha erni hurmat qilishni buyurgan Alloh taolodir. O‘zining burug‘ini Allohning buyrug‘idan ustun qo‘yish o‘ta og‘irdir. O‘zingiz, eringiz va bolangiz biror baloga giriftor bo‘lishdan oldin namozlarni tez boshlang. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar