Azonga jo‘r bo‘lish
Assalomu alaykum! Men Toshkent shahri Yashnaobod tumani "Al-Hudaybiya" masjidi yaqinida turaman va ushbu masjidga namozga chiqaman. Ko‘p masjidlarda namoz o‘qidim ammo aynan shu masjidda Muazzin azonning so‘ngi "La ilaha illalloh" kalimasini jamoat jo‘r bo‘lib jaxriy aytishi urf bo‘lib qolgan. Boshqa masjidlarda jamottda bunday xolatni guvohi bo‘lmadim. Ayniqsa juma namozida jamoat ovozi hattoki muazzindan ustun keladi. Bunday qilish to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bo‘lamasa bu bid’ad emasmi? Agar no-o‘rin savol bergan bo‘lsam urzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatda muazzinning kalimalarini takrorlab turish bor, lekin jahriy bo‘lib aytish yo‘q. Buni deb fitna chiqarmang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar