Alloh xaqida

Assalomu alaykum! Alloh kaerda va nima bilan bant? Alloh borligiga shubxam yok lekin bu savollar miyamda ko‘p aylanayabdi. Iltimos bu savolga KUR’ON yoki kuchli xadislar misol keltiring.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haddingizni biling. Joy, zamon, arsh va kursilarni yaratmasdan oldin ham Alloh bor edi. Aliy roziyallohu anhu “Alloh eru osmon kabi birorta narsa yaratilmasdan oldin ham bor edi. O‘shanda qanday bo‘lsa hozir ham shunday” deganlar. Oddiy arifmetik bir tenglamani aytsa aqlim etmayapti deb aqlingiz etmaganini tan olasiz. Nega Alloh to‘g‘risida aqlingiz etmasa chiranasiz? Robbimga iymon keltirdim deyish kerak bo‘ldi. Alloh to‘g‘risida qanday e’tiqod qilsam to‘g‘ri bo‘lsa shunday deb e’tiqod qilaman deng, ilmini Allohga havola qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 166 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar