Ayollar sajdasida tirsaklar holati
Assalomu alaykum! Men xam namoz o‘qiyman kitobida ayollar sajdada qimtinib sajda qilishlarini o‘qigandim. Sizlarga kelgan savolda ham tirsaklar erga tekkizilib sajda qilish ayollarga xos xadislar mavjud deyilgan. Lekin Odinaxon Muxammad Yusuf boshchiligidagi Muallim media rasmiy kanalida ayollar namozi xaqidagi videoda tirsaklar erga tekkizilmaydi biqinga yopishib turadi deyilgan. Men shu vaktgacha tirsagimni xam erga tekkizib o‘qigandim. Noto‘g‘ri o‘qigan bo‘lamanmi? 2. Kitobda ayollar tik turgandi oyoqlarini yopishtirib turadi deyilgan. Rasmiy kanalda esa Xanafiy mazxabida ayollar namozda tik turganda oyoq orasi 4 barmoq kengligida ochiq bo‘lgani maqul deyilgan. Qaysi biri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollar bilan erkaklarning namozi o‘rtasida farq bor. Tirsaklar erga tegib turishi ayollar namoziga oid. “Hadis va Hayot” kitobi 296-betida, namozning sunnatlari aytilgan 27-bandda "Ayol kishi sajdada qornini ikki soniga, tirsak (chig‘anoq) va bilaklarini erga tekkizishi" deyilgan. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. Unda erkak va ayollar namozlari orasidagi boshqa farqlarni ham o‘rganib olasiz.https://fiqh.uz/maqola/169
10 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 444 | Namoz