Talabalarni baholash o‘ylantiryapti
Assalomu alaykum! Men Oliy Ta’lim muassasasida o‘qituvchiman. Har semestrda talabalarni o‘qigan bilimlari bo‘yicha yilda ikki marta baholashga to‘g‘ri keladi. Lekin ularni baholashda ko‘pincha o‘ylanib qolaman. Ya’ni: ularni baholashda nisbatan baholayman. Guruhda yaxshi harakat qilgan talabaga "5", o‘rtacharog‘iga "4", bilmaydi lekin darsda ozgina harakat qiladi, vazifalarni ko‘chirib bo‘lsa ham yozib keladi ularga "3" baho qo‘yaman. Bazi bir talabalar bor umuman o‘qimaydi, tushunmaydi va fan bo‘yicha hech narsani bilmaydi. Xatto dars davomida ozgina xarakat ham qilmaydi. semestr oxirida kelib "5", "4"yoki "3" baho qo‘yib bering deb kelishadi yoki ularning "tank" (Tanish) lari keladi. Ularga tushuntiraman biliming past sal o‘qi keyin qayta o‘zlashtirishda qo‘yib beraman deb. Lekin bazilari oilaviy axvolim og‘ir deb yig‘laydi (aksariyat qizlar). Savolim agar ularga oilaviy axvolini xisobga olib savob qilaman deb 3 yoki 4 qo‘yib bersam kasbimga xiyonat qilgan bo‘lmaymanmi? Kasbimga xiyonat qilmayman desam ularga zulm qilgan bo‘lmaymanmi? Agar baho olishmasa o‘qishdan xaydalishi mumkin. Bu masalada qanday yo‘l tutgan maqul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Xiyonat qilgan bo‘lasiz.
2). Bu zulm emas, balki jamiyatga noshud va noloyiq bo‘lgan kasbiga o‘tiradigan insonlarni kamayishiga sabab bo‘lasiz.
3). Ular o‘qishga kirishda nizomda bu narsalar yozilganini bilib turib o‘qishmasa o‘zlari rozi bo‘lgan bo‘lishadi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 148 | Ta’lim va muta’allim