Qiz bolani majburlab turmushga berish

Assalomu alaykum! Qiz bolani majburlab turmushga berish to‘g‘rimi? Ota: meni rozi qilaman desang shu bolaga tegasan desa bo‘ladimi? Qiz ilojsizlikdan xo‘p desa, lekin ko‘nglida boshqasi bo‘lsa, bunda nima qilish kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona farzandi uchun nima yaxshiyu nima yomonligini ko‘proq yaxshi biladi. Hayotda ko‘rayapmiz qancha qancha qizlar “Yaxshi ham qilgan ekansiz” deb ota-onasidan xursand bo‘lishmoqda. Ota-onasining gapiga kirmay o‘zi suyganiga tekkanlarning juda ko‘pi afsus nadomatda. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 194 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar