Turmushga chiqmoqchi bo‘lgan ayol hadisi bormi

Assalomu alaykum! Ustozlar Alloh rozi bòlsin sizlardan savollarimga javob berib kelyabsizlar, ustozlar shunday hadis bormi 《Bir kuni bir ayol janobi Muhammad sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib dedi: – Yo Rasululloh, men bir erkak kishiga turmushga chiqmoqchiman. Shunga nima deysiz? Janobi Muhammad sollallohu alayhi vasallam kulib dedilar: – Erkak kishini ayol ustida haqlari ko‘p, shuni bilasanmi? – Yo‘q, – deya javob berdi ayol va qo‘shimcha qildi: – Qanday haqlari bor, yo Rasululloh? – Agar eringni xafa qilsang Allohga qarshi chiqasan, hamda o‘qigan namozing qabul bo‘lmas. – Yana bormi? – Agar eringni ruhsatisiz ko‘chaga qadam tashlasang, har bir qadaminga gunoh yoziladi. – Yana bormi? – Agar eringa yomon gaplar gapirsang qiyomatda tiling bilan osilasan. – Yana bormi? – Agar bor mulking eringga yordam berolmasa, ohiratda yuzing qora bo‘ladi. – Yana bormi? – Agar eringni mol mulkidan o‘g‘irlab kimlargadir ulashsang va kechirim so‘ramasang, unda Alloh seni sadaqalaringni hamda zakotlaringni qabul qilmaydi. – Yana bormi? – Qaysidir ayol erini so‘ksa va eriga nisbatan qarshi gap gapirsa, unday ayollar do‘zaxda tilidan osilurlar. Hamda qaerda musiqaga o‘ynasa va unday joylarga pul bersa, hamma savoblari yuviladi hamda kiygan kiyimlari o‘ziga qarshi guvohlik beradi: “Bizni eri uchun kiymagan, aksincha shunday harom joylar uchun kiygan deya". Bunday ayollarni Alloh: “1000 yil kuydiringlar”, – deya hukm kiladi. Bu gaplarni eshitgan ayol bunday dedi: – Yo Rasululloh, shu paytgacha turmushga chiqmadim, bundan buyon ham chiqmayman endi. Va Rasululloh bunga javoban dedi: – "Agar erga tegsang qancha savob olishingni aytib beraymi, unda eshit" – Agar seni ering "Alloh sendan rozi bo‘lsin", desa 60 yil sig‘inish bilan barobar. Agar bir qultum suv bersang, 1 yil ro‘za tutganingdan afzalroq. Agar ering to‘shagidan turib, g‘usl qilmoqlikka chog‘lansang, 1000 ta qurbonlik qilganchalik savob topasan. Agar eringga mug‘ombirlik ishlatib, vafot etsang farishtalar senga tasbeh aytmaydi. Agar eringni ko‘nglini chog‘ kilsang, ya’ni ko‘nglini ko‘tarsang, unda 60 ta qul ozod qilganchalik ajr topasan. Agar eringni mol-mulkini to‘la to‘kissaqlasang va qarindoshlariga yaxshi munosabatda bo‘lsang va 5 vaqt namozni to‘la to‘kis ado etsang va ro‘zani to‘la to‘kis tutsang, bu 1000 marotaba Ka’bani tavof qilgandan ulug‘roq savob bo‘ladi. (Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu rivoyati)》
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis yo‘q. To‘qima. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 178 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar