Daromadimdan ehson qilish
Assalomu alaykum! Men davlat muassasasida ishlayman, xamda qo‘shimcha ishim ham bor. Shu yil boshidan qo‘shimcha topayotgan daromadimni teng yarmiga Allohni sherik qilib, daromadni teng yarmini Alloh yo’lida, muxtojmand, extiyojmand, zarurati bor insonlarga exson qilishga vaada bergandim va Allohning o‘zi qo‘llab shu ishni qilib kelayotgan edim. Lekin oilamizning qarzi bor, qarz beruvchi muddat belgilamagan bo‘lsa xam lekin bo‘ynimizda qarzimiz bor. Qarzni otam olganlar, oila extiyoji uchun. Otam ishlaydilar(daromadlari qarz uzishga etmaydi). Savolim, men qo‘shimcha daromadimni exson qilishim to‘g‘rimi? (Allohga vaada qilganman!) Yoki avval qazlarni uzishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangiz ham zarurati bor odamlar qatoriga kirarkan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangiz ham zarurati bor odamlar qatoriga kirarkan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar