Obi musta’amal
Assalomu alaykum! Ustozlar savolim "obi musta’amal" haqida 1-savolim:Tahoratga yoki g‘usl qilish uchun katta tog‘oraga suv tayyorlangan bo‘lsa o‘sha suvni issiq yoki sovuqligini bilish uchun qo‘lni tiqib ko‘rish joizmi yoki bunda suv "obi musta’amal" bo‘lib yaroqsiz bo‘lib qoladimi? 2-savolim:Tahoratga yoki g‘usl qilish uchun katta tog‘oraga suv tayyorlangan bo‘lsa tahorat yoki g‘usl qilish vaqtida ushbu tog‘oradagi suvga tanadan suvlar sachrasa yoki tog‘oradan cho‘mich bilan suv olinayotgan vaqtda qo‘ldan ushbu tog‘oradagi suvga suvlar tomsa ushbu suv "obi musta’amal" bo‘lib yaroqsiz bo‘lib qoladimi yoki ishlatish joizmi. 3-savolim:Bizda krandan suv kelmaydigan kunlarda katta bachoklarga 60 litrlik yoki undan ham katta hajmdagi bachoklarga suv olib qo‘yiladi va ana o‘sha krandan suv kelmaydigan kunlarda o‘sha bachoklardagi suvlardan tahorat yoki g‘usl uchun foydalaniladi savolim:ushbu bachokka kimdir qo‘lini tiqib olsa masalan yosh bolalar yoki katta odamlar ham cho‘mich bilan suv olayotganda ehtiyotsizlik qilib cho‘mich bilan qo‘lini suvga tiqib yuborsa yoki yuz qo‘lni yuvish vaqtida bachokdagi suvga tanadan oqgan suvni sachratsa,tomizsa ushbu suv ham"obi musta’amal" bo‘lib yaroqsiz bo‘lib qoladimi agar yaroqsiz bo‘lib qoladigan bo‘lsa bitta ehtiyotsizlik tufayli qo‘lni bachokka kirgani uchun 60 litrlik suvlarini to‘kib tashlashga to‘g‘ri keladi bu isrofku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz. 2). Shuning uchun avvalo g‘usldan avval najosat va maniy tekkan joylarni yuvib olish kerak. Keyin ustidan suv quyganda tog‘oraga tushsa obi musta’amalga aylanmaydi. Hatto qo‘lini tiqib suv olsa ham joiz. 3). Qo‘lni najosatligi aniq bo‘lsa keyin o‘sha suvga tiqilsa suv najosat bo‘ladi. Aniq bo‘lmasa qo‘lni tiqish bilan u suv musta’amal ham najosat ham bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar